

“Santyago Bernabeu” stadionida kechgan bahs Joze Mourinyo jamoasining 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
19-daqiqada Jud Bellingemning chiroyli yakkahon reydidan so'ng hisob ochildi, ko'p o'tmay Alfonso Errero o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 30-daqiqada Kilian Mbappe o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Uchrashuv yakunida esa Arda Gyuler so'nggi nuqtani qo'ydi (4:0).
“Real Madrid” – “Malaga” 4:0
Gollar: Bellingem 19’, Errero avtogol 26', Mbappe 30', Gyuler 90+1'
“Real”: Kurtua, Kukurelya, Xeysen, Ryudiger, Aleksander-Arnold, Kamavinga, Valverde (Silva, 77), Vinisius Junior, Bellingem (Gyuler, 87), Braim Dias (Diomande, 65), Mbappe
“Malaga”: Alfonso Errero, Garrido, Galilea (Abayda, 74), Resio, Puga (Salinas, 60), Xoakin Munos (Krus, 61), Merino (Enrike, 87), Rodriges (Martines, 46), Larrubiya, Dotor, Rubio
Ogohlantirishlar: Rubio (66), Enrikes (90+3)
“Real” Ispaniya chempionatining dastlabki uch turida uchta g'alabani qo'lga kiritdi.



