La Liga prezidenti: "PSJ muttaham, "Real" esa unday emas"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2021
La Liga prezidenti Xaver Tebas pandemiya bilan bog'liq ispan klublarining moliyaviy qiyinchiliklarini muhokama qilib, PSJni katta xarajatlari uchun yana bir bor tanqid qildi.

"Avval ham takidlaganman, ispan futbolida qoidalar buzilmagan. Na "Real", na "Barselona"da.

Ishonamanki, "Real" pandemiya bilan boshqalarga qaraganda yaxshiroq kurashgan, ish haqini qisqartirishga katta kuch sarflagan. Hozirda "Real" o'zi istaganini qilishi mumkin.

Ammo "Real Madrid" hech qachon PSJga aylanmaydi , chunki PSJ - muttaham. Klubdagilarning maoshi qariyb 600 million evroga etgan va buni hazm qilib bo'lmaydi.

Bundan tashqari, "Real" biror davlatning klubi emas, shu bois ular uchun bu imkonsiz", - deydi Tebas.

Eslatib o'tamiz, PSJ Qatar davlat investiciya boshqarmasi tomonidan boshqariladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca