La Liga klubi o'z hujumchisini "Manchester Yunayted"ga taklif qildi

Alisher
31 yanv 2020
"Manchester Yunayted" Markus Reshfordning jarohati sabab forvard qidirishni davom ettirmoqda.

"Real Sosedad" esa manchesterliklarga hujumchi Villian Jozeni ijaraga olishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, ispan klubi va 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferiga qiziqayotgan "Tottenxem" muzokaralar olib bormoqda.

Oldinroq, "Sosedad" hujumchi uchun 50 million evro xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Villan Joze joriy mavsum La Ligada 20ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports