La Liga jamoasi futbolchisi 3 yillik tanaffusdan so'ng maydonga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2020
“Vilyarreal” La Liga 30-turi doirasida 19 iyun sanasiga belgilangan "Granada"ga qarshi bahs uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi.

Ro'yxatdan yarim himoyachi Bruno Soriano ham o'rin oldi. 36 yoshli o'yinchi tizzasidagi muntazam jarohatlar tufayli 3 yil maydonga tushmadi. Uning so'nggi rasmiy uchrashuvi esa 2017 yilning may oyida "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tgan.

Soriano 2010-2016 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua