Kvaratsxeliya tez orada "Napoli" o'yinchisiga aylanadi

Alisher
12 apr 2022
Batumining "Dinamo" jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 21 yoshli gruziyalik futbolchi kelasi mavsumdan italyan klubida to'p tepadi.

"Napoli"ga shuningdek "Xetafe" va Urugvay terma jamoasi himoyachisi Matias Oliveyra ham o'tadi.

Kvaratsxeliyaning Neapol klubi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano