Kvaratsxeliya - Gruziyada beshinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026
​PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yil yakunlariga ko'ra Gruziyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda Parij klubi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

24 yoshli futbolchi ushbu unvonga beshinchi marta sazovor bo'lib, Kaxa Kaladzening rekord natijasini takrorladi.

Kvaratsxeliya 2025 yilda PSJ bilan Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi hamda Qitalararo Kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, u avvalgi jamoasi "Napoli" bilan Italiya chempionati g'olibi bo'ldi. Kvaratsxeliya 2025 yilning yanvar oyida "Napoli"dan PSJga o'tgan edi.

Xvicha 2024/25 yilgi mavsum PSJ va "Napoli" safida 51 o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi. U joriy mavsum francuz jamoasida 21 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr