"Kvandju" ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 may 2020
Janubiy Koreya K-ligasi 3-tur doirasidagi "Kvandju Sangmu" va "Kvandju" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol 6-daqiqada mezbonlar vakili Kan San U tomonidan urildi - 1:0. Shu tariqa "Kvandju" mavsumning dastlabki uchta turida uchta mag'lubiyat qayd etdi. Mehmon jamoa safida o'zbekistonlik Rustam Ashurmatov to'liq o'ynadi.



Janubiy Koreya. K Ligasi musobaqa jadvali

"Kvangdju Sangmu" - "Kvandju" 1:0

Gol: Kan San U - 6.

"Kvangdju Sangmu": Xvan Ben Gin - Kan San U, Pe Chje U, Kim Chjin Xek, Kvon Gen Von - Son Sin Min, Pak En U, Xan Sok Chjon, An Txe Xen, Kim Min Xek - Chjin Son Uk.
Zaxira: Pak Pen Xen, Li Gin Xo, Li Chxan Gin, Mun Chxan Chjin, Kim De Chjun. 

"Kvandju": Yun Pxen Guk - Kim Chxan Su, Ashurmatov, Li I Ttim, Li Xan Do - Tu Xen Sok, Pak Chjon Su, Li Xi Gyun, Chxve Chjun Xek, E Rim - Felipe.
Zaxira: Xon Chjun Xo, Kim Xe Gi, Lim Min Xek, Kim Chju Gon, E Bon Xun, Kim Txe Gon, Urenya.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia