Kurzava Monako bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013
Monako himoyachisi Leven Kurzava klub bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Biz uchun yosh futbolchilarimizni saqlab qolish juda muhim. Leven bizning maktabimiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

 Shunday qobiliyatli va iqtidorli futbolchi bizning klubda o'ynashda davom etishidan xursandmiz, – deydi Monako vice-prezidenti Vadim Vasilev.

Bu mavsumda 21 yoshli Kurzava 7ta o'yinda maydonga tushib 2ta golli pas oshirdi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru