Kurtua sog'aydi

Eldor Akmurzayev
7 okt 2019
Real darvozaboni Tibo Kurtua o'tkir gastroenterit hastaligidan sog'ayganini ma'lum qilib, terma jamoa ixtiyoriga yetib kelganin aytdi.

Sog'aydim va terma jamoa mashg'ulotlarida qatnashishga tayyorman. Qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga esa minnatdorchilik bildiraman, – deydi belgiyalik kiper.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli posbon bosh aylanishi va qornida og'riq borligi bois YCHL 2-turidan o'rin olgan Bryuggega qarshi bahsning (2:2) ikkinchi taymi oldidan zaxiraga olingandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/thibautcourtois