Kurtua "Real" bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Darvozabonning vakillari Saudiya Arabistonidan qiziqish haqida bilishmaydi

Administrator
5 dek 2024
Tibo Kurtua "Real" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Migel Anxel Diasning xabariga ko'ra, Madrid klubi darvozaboni kelishuvni ikki yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Belgiyalikning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Qayd etilishicha, o'yinchining atrofidagi insonlar oldinroq xabar berilgan Saudiya Arabistonidan qiziqish haqida hech narsa bilishmaydi.

Kurtua joriy mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 7ta to'p olib chiqdi.


AdministratorMuallif
Manba: COPE