Kurtua nima sababdan "Xoffenxaym"ga o'tmagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2020
"Xoffenxaym"ning sobiq bosh skauti Lutc Pfannenshtil "Genk"ning sobiq posboni, ayni damda "Real" darvozasini qo'riqlayotgan Tibo Kurtua 10 yil oldin nemis klubiga o'tmagani haqida gapirdi.

"2010 yilda Kurtuani olib kelishni rejalashtirgandik. Qiziqishlar bo'ldi, gaplashdik, transfer amalga oshishga yaqin edi.

Lekin uning ota-onasi posbon avvaliga maktabini bitirishi kerakligini istashdi. Biroq yigitchaning u erda ko'plab muammolari borligi sababli yana bir yil maktabda qolishi mumkin edi. Shu sababli transfer amalga oshmadi", - dedi Pfannenshtil "DAZN Germany" nashriga.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DAZN Germany