YCHLda hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar e'lon qilindi

Alisher
5 may 2022
Chempionlar Ligasi 1/2 final javob o'yinlarining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar ma'lum bo'ldi.

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Manchester Siti" (3:1 qo'sh. daq.) bilan o'yinda 8ta zarbani bartaraf etdi.

"Manchester Siti" xavbeki Bernardu Silva "Real" (1:3 qo'sh. daq.) bilan o'yinda assist, aniq paslar - 90%.

"Liverpul" yarim himoyachisi Luis Dias gol urdi va "Vilyarreal" (3:2) darvozasi tomon 4 bor zarba berdi.

"Vilyarreal" xavbeki Fransis Koklen "Liverpul" (2:3) bilan o'yinda gol urdi, aniq paslar - 83%.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com