Kunde "Barsa"ni tark etishga tayyor. Unga qanot himoyachisi bo'lib o'ynash noqulaylik tug'dirmoqda

Sherzod Nurmatov
23 may 2023
Jyul Kunde "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Himoyachi Kataloniya klubini tark etishga shay, deya xabar berdi "Relevo" jurnalisti Toni Xuanmarti. U klubga kelishi mumkin bo'lgan har qanday taklifni tinglashga tayyorligini aytdi.

Jyul qanot himoyachisi rolida o'zini noqulay his qilmoqda.

Kuni kecha fransiyalik futbolchi bosh murabbiy Xavi bilan ham gaplashdi.

Kunde joriy mavsum La Ligada 27 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo