Kunde "Barsa" hali uni ro'yxatdan o'tkazmaganidan norozi

Alisher
21 avg 2022
Jyul Kunde hali ham "Barselona"da o'ynay olmayotganidan norozi.

23 yoshli himoyachi "ko'k-anorranglilar"ning ketma-ket ikkinchi o'yinini o'tkazib yuboradi, sababi klub hali uni La Ligada ro'yxatdan o'tkazgani yo'q.

Kataloniyaliklar francuzni 28 avgustda bo'lib o'tadigan "Valyadolid"ga qarshi La Liga 3-turiga ro'yxatdan o'tkazishga ulgurishadimi yoki yo'q, bu ma'lum emas.

Qayd etish kerakki, hujumchi Memfis Depayning kyetishi "Barsa"ga Kundeni ro'yxatdan o'tkazishga imkon bermaydi. Buning uchun ko'proq narsa talab etiladi. 

Oldinroq xabar berilganidek, Kunde uni 31 avgustga qadar ro'yxatdan o'tkazishmasa, "Barsa"dan tekinga kyetishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport