Kuman: "Chempionlar Ligasi? Yevropa Ligasiga yo'llanma olsak ham xursand bo'lardim"

Aziz Tukhtamuradov
23 mar 2015, 21:32
"Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Byornli"ga qarshi o'yindan so'ng jamoasining YCHL yo'llanmasi uchun kurashdan chiqqanini aytib o'tdi.
"Biz ko'p ham Chempionlar Ligasi haqida o'ylamayapmiz. Shunchaki, Evrokuboklardan birida ishtirok etmoqchimiz. 7-o'rin biz uchun ajoyib natija bo'lardi.

Albatta, Chempionlar Ligasida o'ynasak zo'r bo'ladi. Ammo, hozirgi vaziyatda, bu saviyamiz bilan Yevropa Ligasiga yo'llanma olsak ham yaxshi natija qayd etgan bo'lamiz", - deydi gollandiyalik murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru