Kulibali tug'ilgan kuni sharafiga Senegal shifoxonasiga tez yordam mashinalari sovg'a qildi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Senegaldagi shifoxonaga ikkita tez yordam mashinasi sovg'a qildi.

30 yoshga kirgani munosabati bilan futbolchi, shuningdek, juda katta miqdordagi oq xalat, bir necha ming miqdordagi tibbiy niqoblar, turli xil dorilar va boshqa asbob-uskunalar sovg'a qildi.

Yakshanba kuni ertalab sovg'alar o'z manziliga yetib borgan. Kulibali ushbu mavsum A Seriyada 26 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport