Kulibali nima uchun hech qachon "Yuventus"ga o'tmasligini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022
"Chelsi"ning senegallik himoyachisi, avvalroq Italiya chempionatida "Napoli" safida to'p tepgan Kalidu Kulibali Turinning "Yuventus" klubiga o'tishi haqidagi savolga javob berdi.

"Menda Italiyada variantlar bor edi. "Yuventus"? "Napoli"ni hurmat qilganim uchun turinliklar safida o'ynamagan bo'lardim. Faoliyatim tugaganidan keyin nima qilaman? Ehtimol, "Napoli"ni boshqararman", – dedi afrikalik futbolchi.

Kalidu sakkiz yil davomida Neapol jamoasi ranglarini himoya qildi. Senegallik "Napoli" safida 317 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta to'p kiritdi va 9 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corsera