Kulibali "Napoli"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor

Alisher
18 iyun 2022
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini italyan jamoasida davom ettirishni xohlaydi.

30 yoshli senegallik neapolliklar safidan ketmoqchi emas. Kulibali "Napoli"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. U jamoa sardori bo'lmoqchi va faoliyatini o'sha erda yakunlamoqchi.

Kulibalining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. O'yinchiga "Barselona" va "Sevilya" qiziqmoqda.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Kicker