"Kruzeyro" "Real"ning Lukas Silva borasidagi ikkinchi taklifiga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2014
Madridning "Real" klubi "Kruzeyro"ga yarim himoyachi Lukas Silva transferi uchun ikkinchi taklifni jo'natdi.

Ammo Braziliya klubi bunga rad javobini berdi.

"Kruzeyro" Lukas uchun 15 mln evro talab qilmoqda. Lekin "Qirollik klubi" futbolchini 12 mln evroga xarid qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Arsenal" Lukas Silva uchun "Kruzeyro"ga qancha mablag' talab qilsa, shuncha bermoqchi edi. Ammo futbolchining o'zi "Real"da o'ynashni istamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com