"Krotone" o'yinchisi A Seriya rekordchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2021
"Krotone" hujumchisi Simeon Nvankvo A Seriya tarixini qayta yozdi, deb xabar berdi "Opta".

28 yoshli futbolchi Italiya chempionati bir mavsumida eng ko'p gol urish bo'yicha nigeriyaliklar orasidagi rekordni yangiladi.

Nvankvo joriy mavsum A Seriyaning 27 o'yinida 12 ta gol urgan.

Ma'lumot uchun, avvalgi rekordchi – "Inter" sobiq hujumchisi Obafemi Martins 2004/05 yilgi chempionatda 11 ta gol urgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta