"Milan" Messiasni xarid qilmoqchi

Alisher
7 apr 2022
"Milan" transfer huquqi "Krotone"ga tegishli bo'lgan braziliyalik hujumchi Junior Messiasni xarid qilmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Pioliga futbolchining o'yini maqul kelgan va rahbariyatga uni to'liq sotib olishni buyurgan.

"Milan" rahbariyatining tez orada "Krotone" bilan to'laqonli transferni muhokama qilishi aytilmoqda.

Messias joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi o'yinlarda 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira