Kroos "Real"ning oldingi va hozirgi avlodini solishtirish haqida gapirdi

Administrator
3 dek 2025
Uning fikricha, ikki davrni taqqoslashning umuman foydasi yo'q.

Toni Kroos "Real"ning hozirgi tarkibini uning paytidagi avlod bilan taqqoslamaslikka chaqirdi.

"Biz ilgari [jamoada] bo'lganlar haqida gapirmasligimiz kerak, chunki bu hech kimga naf keltirmaydi. Jamoaga etishmayotganimni eshitishim shart emas. Men tabassum va yaxshi kayfiyat bilan ketdim. Jamoa boshqa turdagi o'yinchilar bilan g'alaba qozonish yo'lini topishi lozim. Men eng avvalo "Real"ning g'alaba qozonishini va bu gaplar to'xtashini istayman.

Hozir Xabiga alohida maslahatlarim yo'q. Bu ikki xil avlod va o'zingizda bor narsaga moslashish muhim. Men ulardan biri boshqasidan yaxshiroq demoqchi emasman - bu turli xil o'yinchilar, ammo bu kimdir yaxshiroq yoki yomonroq degani emas. Bu boshqa o'yin," - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.


AdministratorMuallif
Manba: Marca