Kroos: “Ikkisi ham “Real” transfer qilishni xohlaydigan futbolchilar, ammo men klub prezidenti emasman”

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2022
“Real” xavbeki Toni Kroos PSJ forvardi Kilian Mbappe va “Borussiya D” a'zosi Erling Xoland haqida gapirdi.

“Ularning shartnomasi va darajalarini hisobga olsak, ikki ham transfer bozoridagi eng talabgor futbolchilar hisoblanadi.

“Real” doimo eng zo'r o'yinchilar uchun kurashadi va ular shu toifaga kiradi. Biroq, hammasi nima bilan tugashini aytolmayman, chunki men president emasman”, deydi Kroos.

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida 18 o'yinda qatnashib, 9+8 natija ko'rsatib turibdi. Xoland esa Bundesligada 13 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 6 assistni o'z hisobiga yozdirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports