Kroos "GFR oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025
"Real" sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniyada yuksak ordenga loyiq ko'rildi, deb xabar berdi Madrid klubi matbuot xizmati.

Marosim "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tdi.

Mukofotni futbolchiga Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirdi. Marosimda "Real" prezidenti Florentino Peres, bosh murabbiy Xabi Alonso, shuningdek, futbolchilar Federiko Valverde va Antonio Ryudiger ishtirok etdi.

Kroos 2024 yilda faoliyatini yakunladi. U "Real" bilan Ispaniya chempionati g'olibligini 4 marta, Chempionlar Ligasini 5 marta, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini 4 marta qo'lga kiritgan. "Bavariya" bilan esa Germaniya chempionatini 3 marta, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini 1 martadan yutgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com