

“Bu 2023 yildagi sakkizinchi mag'lubiyat, bu juda ko'p. Bizda ochkolar ustunligi bor, ammo o'yindan o'yinga uni yo'qotmoqdamiz.Fransiya qiyin chempionat, hamma kurashmoqda. Iste'fo? Yo'q. Oxirgacha kurashamanmi? Ha! Chempionlik uchun oxirgacha kurashaman. Shubhasiz, endi biz boshqacha harakat qilishimiz lozim.
Balki mag'lubiyatlar charchoq bilan bog'liqdir, ammo keyingi bahsda biz boshqacha ishtiyoq bilan harakat qilishimiz zarur. Biz chempion bo'lishimiz kerak. Menda ajoyib o'yinchilar bor, unvonlarni qo'lga kiritgan ko'plab o'yinchilar bor. Umid qilamanki, ular hali ham chempionlik qoniga tashnalar”, - dedi Kristof Galte.



