Kristensen "Chelsi" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
16 sen 2021
Himoyachi Andreas Kristensen hamkorlikni uzaytirish bo'yicha Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib bordi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Bitim haqida tez orada e'lon qilinadi. Kristensenning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallnagan.

25 yoshli futbolchi 2015 yilning iyulidan beri London jamoasi sharafini himoya qiladi.

Daniyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano