

Ma'lumotlarga ko'ra, klub avvaliga yuqori narx tufayli Sakoni sotib olish niyatida bo'lmagan, biroq APLdagi omadsiz start "Kristal Pelas"ni 27 yoshli futbolchi narxini 25 mln. funtgacha tushirgan "Liverpul" bilan muzokara o'tkazishga majbur qildi.
"Liverpul"ning o'zi Sako xizmatlariga muhtoj emas va fransiyalik bilan xayrlashishga tayyor, "Kristal Pelas" esa kerakli mablag'ni to'lashga rozi bo'ldi.
Sako PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida Fransiya chempionatidagi uchrashuvda Parij klubini sardor sifatida maydonga olib chiqqan.



