Bosh murabbiy bilan yoqalashib ketgan "Liverpul" sobiq himoyachisi Gruziya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2024, 23:40
Kutaisining "Torpedo" klubi Mamadu Sakoning transferini e'lon qildi.

34 yoshli fransiyalik futbolchi "Torpedo" akademiyasi rivojlanishiga ham javob berdi.

Sako – "PSJ" klubi tarbiyalanuvchisi va 2013 yilga qadar shu yerda o'ynagan. Shundan keyin "Liverpul"ga 19 million evro evaziga ko'chib o'tgan.

Mamadu 2010-2016 yillarda Fransiya terma jamoasi safida o'ynagan.

Sakoning oxirgi klubi "Monpele" bo'lgandi, u 2023 yil noyabr oyida bosh murabbiy bilan yoqalashib ketganidan so'ng klubni tark etgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportall.ge