"Kristal Pelas" "Betis" futbolchisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2024
"Kristal Pelas" "Betis" va Marokash terma jamoasi himoyachisi Shadi Riad transferi bo'yicha taklif yubordi.

Transfer summasi 12 million evro + 2 million bonuslar bo'lishi taxmin qilinmoqda. Tomonlar kelishuvga erishishiga oz qolgani aytilmoqda. Futbolchining o'zi ham "Kristal Pelas" safiga borib qo'shilishga qarshi emas.

Joriy mavsum Riad barcha musobaqalarni inobatga olganda 30 ta o'yinda maydonga tushgan. 

"Transfermarkt" portali 20 yoshli markaziy himoyachi transferini 6 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: