Krishtianu Ronaldu: "Atletiko" qarshi hujumlarda o'ynab, tavakkal qilmaydi"

11 mar 2019, 02:32
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL nimchorak final "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Atletiko" - kuchli jamoa. Ular yaxshi himoyalanishadi va buni hamma biladi. Simeone jamoasi qarshi hujumda o'ynab, tavakkal qilishga bormaydi. Biz bu holat uchun tayyormiz. Keyingi bosqichga chiqishni xohlaymiz. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz. Birinchi bahsda mag'lubiyatga uchrashimizni hech kim kutmagan edi. Lekin, ikkinchi o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. 

Biz ajoyib mavsum o'tkazmoqdamiz. Hozir oldimizda 2 ta musobaqa bor: A Seriya va Chempionlar ligasi. Menga Italiyada o'ynash yoqmoqda. Bu yerda xuddi Ispaniya va Angliyada bo'lgani kabi gol urish va jamoamning g'alaba qozonishiga yordam berishdan mamnunman", - deya fikr bildirdi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi birinchi o'yin 2:0 hisobida madridliklar foydasiga hal bo'lgan. Javob bahsi Toshkent vaqti bilan 13 mart kuni 01:00 da boshlanadi. 


Manba: AS