Krishtianu Ronaldu: "2024 yilda ham buni takrorlashga harakat qilaman"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2024 yilda ham to'purar bo'lishni istayotganini aytdi.

Portugaliyalik futbolchi 2023 yilda 54 gol urdi va bu borada eng yuqori natija qayd etdi. U Xarri Keyn va Kilian Mbappeni 2, Erling Xolandni esa 4 golga ortda qoldirdi.

- Siz dunyoning eng yaxshi to'purari bo'ldingiz. Hissiyotlaringiz.

- Xursandman. Ushbu yil nafaqat men, balki jamoamiz uchun ham yaxshi o'tdi. Ko'plab gollar urdim va "Al Nassr" hamda termaga katta foyda keltirdim.

O'zimni juda yaxshi his qilyapman va bundan fahrlanyapman. Kelasi yili ham buni qaytarishga harakat qilaman, - dedi Ronaldu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SSC Sports