"Krasnodar"ga Farke bosh murabbiy etib tayinlandi. Arveladze nomzodlar orasida bor edi

Alisher
13 yanv 2022
"Krasnodar" bosh murabbiylikka Daniel Farke tayinlanganini e'lon qildi.

45 yoshli germaniyalik mutaxassis klub bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.

Uning "Krasnodar"dagi assistenti Edmund Riemer bo'ladi, murabbiylar shtabini shuningdek Kristofer Jon va Kris Domogalla to'ldiradi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar nomzodlar orasida "Paxtakor" sobiq ustozi Shota Arveladze nomi ham tilga olingan edi.


Shota Arveladze RPL klubini boshqarishi mumkin

Shota Arveladze: "Krasnodar"da ishlash men uchun qiziq bo'lardi"


AlisherMuallif
Manba: fckrasnodar.ru