

"Bu "Krasnodar"dagi so'nggi o'yinim bo'ldi. Uchrashuvdan keyin rahbariyat bilan iste'fo borasida gaplashib oldim. Bu ikkinchi suhbat bo'ldi. Birinchisi "Spartak"ka qarshi o'yindan keyin bo'lgandi. Menimcha, klubda nimalarnidir o'zgartirish, yangicha hissiyotlar olib kirilishi kerak", - dedi Musaev.
Kecha "Krasnodar" o'z maydonida "Axmat"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ayni damda jamoa RPL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Murod Musaev 2018 yilning yozida "Krasnodar" boshqaruvini qo'liga olgandi.



