"Krasnodar" "Arsenal" o'yinchisi Torreyra bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
25 iyun 2021, 16:52
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli urugvaylik futbolchi uchun "Krasnodar" da'vogarlik qilmoqda va klub o'yinchi borasida taklif ham berdi.

Torreyra 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "Atletiko"da o'tkazdi va Ispaniya chempioniga aylandi.

O'yinchi ispan jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com/football