Kramarichning "Lester Siti" bilan shartnomasi uch yarim yilga mo'ljallangan

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015
Xorvatiyalik hujumchi Andrey Kramarichning "Lester Siti" bilan shartnomasi uch yarim yilga mo'ljallangan bo'ladi.

Bu haqda "Rieka" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Oldinroq Xorvatiya jamoasi futbolchini rasman ketgani haqida ma'lum qilgan edi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "tulkilar" Kramarich uchun 7 mln funt to'lashga rozi bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, Kramarich "Chelsi" safida ham o'ynashi mumkin edi, ammo tomonlar kelisha olishmadi. Hujumchi bu mavsumda 18 uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com