

"Bu jamoa juda kuchli ko'rinmoqda, ularni ajoyib kelajak kutib turibdi. Angliya terma jamoasida iqtidorlar ko'p va bu futbolchilarga kerakli tajriba yig'ib olish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Menga ularning hozirgi tarkibi yoqadi va ular futbol kelajagi. Inglizlarga yana bir kreativ futbolchi etishmayapti, u o'yinni boshqara olishi kerak, ammo umuman olganda tarkib kuchli" - deydi Kozak.
Ushbu bahs 4 sentyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.



