Koutino transferi e'lon qilinganidan keyin "Kamp Nou" yaqinida mashxur qora mushuk paydo bo'ldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2018
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Liverpul"dan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoni sotib oldi.

Koutinoning transferi e'lon qilinganidan so'ng "Kamp Nou" yaqinida "Barselona"ning oxirgi trebli bilan bog'lanadigan o'sha mashxur qora mushuk paydo bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, ana shu mashxur qora mushuk La Liga 2014-2015 yilgi mavsumining birinchi turida "Barselona" - "Elche" (24 avgust, 2014 yil) uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan edi. O'sha mavsum yakunda "ko'k-anorranglilar" uchta musobaqada g'alaba qozonib trebl qayd etishgan edi.


Xo'sh, "Barselona" bu yil ham trebl qayd eta oladimi?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru