Koutino "Marsel" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
10 iyun 2021, 16:52
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Marsel" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Fransiya klubi 28 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda.

Kataloniyaliklar Koutino bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor. Braziliyalik yozda "ko'k-anorranglilar"dan kyetishi mumkin bo'lgan o'yinchilar ro'yxatida bor.

Yarim himoyachi 2020/21 yilgi mavsum La Ligada 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca