Koutino "Liverpul" va "Barselona"da o'ynagan vaqtlarini esladi

Aziz Tukhtamuradov
24 mar 2022, 08:32
Futbolchi Filippe Koutino "Liverpul" va "Barselona"dagi faoliyati haqida esladi.

"Liverpul"da ajoyib tarix yozgandim, u yerda baxtli edim. Endi "Aston Villa" bilan tarix yozishni boshladim. Men yana Angliyada o'ynay olishimdan xursandman. Bungacha Italiya, Ispaniya va Germaniyada o'ynab keldim. 


-"Barselona"dan ketganingizga ancha vaqt bo'ldi. Nima deb hisoblaysiz, nima uchun u yerdagi faoliyatingiz o'xshamadi? Jismoniy holat bilan bog'liq muammolar rol o'ynadimi? 

- O'xshamadi deyish qiyin. Siz eslagan narsa ham balki ahamiyatga ega bo'lgandir. U yerda men uchun yaxshi davr bo'ldi, ammo barqarorlik va o'yin uslubim boshqacharoq bo'lishi ham mumkin edi. 

Oldinga borish vaqti keldi, men doim klubga hurmat bilan yondoshaman. Ishongani uchun "Barselona"dan minnatdorman. Katta tarixga ega mana shunday jamoada o'ynash imkoniyati bo'lganidan xursandman", - dedi "Aston Villa" futbolchisi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Globo Esporte