Koutino: "Liverpul" uchun "Manchester Siti"ga qarshi bahs finalga teng"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2017
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 29-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bu biz uchun juda muhim o'yin bo'ladi. Hozir "Manchester Siti" bilan ikkinchi o'rin uchun kurashyapmiz va ularni mag'lub etishimiz kerak. Chempionlar ligasini tark etgan "shaharliklar" chempionatga e'tibor qaratadi va bunga tayyor bo'lishimiz lozim. Biz uchun bu bahs finalga teng, chunki g'alaba qozonsak "Siti"dan o'tib ketamiz" - deydi Koutino.

APL turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror