Koutino ketdi. “Liverpul”ning asosiy tranfer maqsadi - Toma Lemar

Filippe Koutino kechagina “Barselona” a'zosi sifatida tanishtirilgan bo'lsa, mersisaydliklar uning o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi.

Hozirda jamoaning asosiy transfer maqsadi “Monako”ning hujumkor yarim himoyachisi Toma Lemarga qaratilgan. Rahbariyat aynan Lemarni braziliyalikning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq, “Monaka” bosh murabbiy Leonardu Jardim Lemar bilan mavsum o'rtasida xayrlashmasligini aytgandi. Ammo Jardim yaqinda bergan intervyusida Toma karerasini Yurgen Klopp qo'l ostida davom ettirishini inkor qilmadi.


Manba: FootballHd