Koutino faoliyatini Braziliyada davom ettirishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022, 11:38
"Barselona" sobiq futbolchisi uchun Yevropa futboli yakuniga etayotganga o'xshaydi.

Filippe Koutino tez orada "Korintians"ga o'tishi mumkin, deb xabar berdi Sport.es. 

Ma'lumki, "Aston Villa"ning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri braziliyalikka ishonch bildirmayapti.

Koutino yanvar oyidan beri Birmingem klubida o'ynamoqda. Mavsum oralig'ida "Aston Villa" uning transferini "Barselona"dan 20 million evroga sotib oldi. Biroq joriy mavsumda Koutino hali birorta ham samarali harakati bilan ajralib turgani yo'q.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es