Koutino: "Espanol"ga qarshi bahs qiyin kechadi"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Espanol"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 22-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

25 yoshli braziliyalik 2012 yilda "to'tiqushlar" safida to'p tepgan.

"Espanol"da o'tkazgan vaqtimdan iliq xotiralar qolgan, bu men uchun muhim palla edi. O'shanda Barselona shahrida 6 oy yashaganman va vaqtimni yaxshi o'tkazgan edim.

Hozir "Espanol" - yaxshi va kurashuvchan jamoa. 100% tayyor bo'lib, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilishimiz lozim. Bu qiyin va o'zgacha bahs bo'ladi" - deydi Koutino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com