Koutino “Barselona”da afsonaviy Kroyf o'ynagan raqamni tanladi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2018
“Barselona”ning yangi a'zosi Filippe Koutinoning kataloniyaliklar tarkibida qaysi raqam ostida maydonga tushishi ma'lum bo'ldi.

Endilikda “Liverpul” klubining sobiq yarim himoyachisi “Barselona” 14-raqam ostida harakat qiladi, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri. Kecha, yani 8 yanvar kuni Kataloniya klubi Koutinoning taqdimot marosimini o'tkazgan, lekin futbolchi qaysi raqamni olishini oshkor qilmagandi. 

Ma'lumotda aytilishicha, braziliyalik yarim himoyachiga 14-raqam topshiriladi. Hozirda bu raqamli futbolka himoyachi Xaver Maskeranoga tegishli. Lekin 33 yoshli argentinalik shu oyda Xitoy klubiga ko'chib o'tgach, bu raqam egasiz qoladi. 

Takidlash joiz, “Barselona”da o'z vaqtida 14-raqam ostida gollandiyalik mashhur futbolchi Yoxan Kruiff to'p tepgandi. “Liverpul” klubida Koutino “Barselona”da Messiga tegishli bo'lgan 10-raqam ostida o'ynardi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: