Kot-dʼIvuar ushbu natijaga erishgan tarixdagi ilk Afrika jamoasi

Khoja
12 fev 2024, 09:56
Kecha Afrika kubogining finalida mezbonlar Kot-dʼIvuar Nigeriyani mag'lub etdi va tarixida uchinchi marta chempionlikni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, Kot-dʼIvuar terma jamoasi turnir davomida murabbiyni o'zgartirib, chempionlikni qo'lga kiritgan ilk Afrika jamoasi bo'ldi.

Shuningdek, jamoa guruh bosqichida uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, oxirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan ilk terma sifatida tarixga kirdi.

Eslatib o'tamiz, Kot-dʼIvuar terma jamoasi guruh bosqichini omadsiz boshlagani uchun federatsiya rahbariyati Jan-Lui Gasseni ishdan olib, uning o'rniga vaqtinchalik murabbiy sifatida Emers Faeni olib kelgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com