Kosta-Rikaga qarshi o'yinda Nayjel de Yongni o'rniga Memfis Depay tushadi
Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nayjel de Yongning o'rniga Kosta-Rika bilan bahsda Memfis Depay o'ynaydi, deb xabar bermoqda ITAR-TASS.
Futbolchi Meksikaga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Tibbiy ko'rik natijasida de Yong 2 hafta davomida davolanishi kerakligi ma'lum bo'ldi.