Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi: "Mezbon jamoa ishtirok etgan guruhdan keyingi bosqichga chiqa oldik. Bu yaxshi natija"

Абдулвосит Бектемиров
25 sen 2024
Kosta-Rika futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksander Ramos Braziliyaga (5:0) qarshi kechgan nimchorak final bahsidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.
"Biz 40 daqiqa davomida dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'yin olib bordik. Jamoam mundialda ajoyib ishtirok etdi, ammo bugungi o'yin meni biroz hafa qildi. Uchta golni kichik xatolarimiz sabab o'tkazib yubordik. Meni bir narsa o'ylantirmoqda. Agar 1-turdagi raqibimiz Paragvayga mag'lub bo'lmaganimizda, ushbu musobaqada yana uzoqroq vaqt davomida ishtirok etishimiz mumkin edi. Butun musobaqa davomida yaxshi hissiyot qoldirdik deb o'ylayman. Qiyin va mezbon jamoa bor guruhdan keyingi bosqichga chiqa oldik. Bu juda yaxshi natija", - deya fikr bildirdi Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksander Ramos.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia