

"COPE" nashrining xabar berishicha, asablar dosh bermagan.
Prezident va xodim to'qnashuvi:
Manbaga ko'ra, janjalda bevosita Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta ishtirok etgan. U madridliklarning texnik xodimlaridan biri (murabbiy va futbolchi bo'lmagan shaxs) bilan aytishib qolgan. Tomonlar bir-birini haqorat qilishgan va vaziyat jismoniy to'qnashuv darajasiga etganda, atrofdagilar ularni ajratib qolishgan.
Mojaroning sababi nima?
Bunday keskinlikka o'yin davomida yuz bergan irqiy mazmundagi voqea sabab bo'lgani aytilmoqda:
"Benfika"ning italiyalik futbolchisi Janluka Prestianni madridliklar yulduzi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik ruhidagi so'zlar ishlatgan.
Ushbu vaziyat o'yindan so'ng rahbariyat darajasidagi muhokamalarga sabab bo'lgan va natijada Ruy Koshta o'z hissiyotlarini jilovlay olmagan.
Eslatib o'tamiz, madridliklar safardagi 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa-da, javob o'yini oldidan ikki jamoa o'rtasidagi munosabatlar maksimal darajada sovuqlashdi.



