

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Korrea kechagi mashg'ulotlarda o'zini noqulay his qildi va tibbiy ko'rikdan o'tdi. Shundan so'ng Korreada chap oyoq mushaklarining shikastlangani aniqlandi.
Bu "Atletiko"da restardan so'nggi mashg'ulotlarda sodir bo'lgan uchinchi jarohatdir. Oldinroq, Shime Vrsalko va Joau Felikslar ham jarohat olishganligi ma'lum bo'lgandi, portugaliyalik futbolchi uch hafta maydonga tusha olmaydi.
Oldinroq, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liganing 8 iyundan restart olishini aytgan edi.



