Koronavirusga chalingan Kazemironing o'rniga “Lion” a'zosi Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi

8 noya 2020, 09:25
“Lion” yarim himoyachisi FIFA kunlarida Braziliya terma jamoasiga yordam beradi.

“Lion” yarim himoyachisi Bruno Gimarayns Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bruno terma jamoada koronavirusga chalinib safdan chiqqan “Real” yarim himoyachisi Kazemironing o'rnini egallaydi.

Braziliya termasi JCH-2022 sarlaashi doirasida 13 noyabrda Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. 17 noyabrda bo'lsa Urugvay bilan bahsga kirishadi.


Manba: Twitter/@brunoog97